Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatida davlat xizmatlari markazi xodimi 1000 dollar pora olib, qo‘lga tushgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat Adliya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi sobiq xodimi X.r korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan vaqtda qo‘lga olingan.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sobiq xodim X.R. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Namangan shahar DXM xodimidan korrupsiyaviy qoidabuzarliklar sodir etmaslik va sodir etgan taqdirda qo‘llaniladigan javobgarlik choralari yuzasidan ogohlantirish berilgan.


