Namangan viloyatida XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari topildi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar qildi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq po‘latdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Dunyo po‘lat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq po‘lati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.
Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan. Baqtriya tangasi 475-600 yillarga, Xitoy tangasi esa XIX asrga oid.
Tarixchi olim Sherali Qo‘ldoshevning taʼkidlashicha, uchta nodir kitob ilm-maʼrifat, falsafa va tarixga oid bo‘lib, unda noyob ilm bitilgan.


