1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda maktab o'quvchisi onasini kaltakladi

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Namanganda maktab o'quvchisi onasini kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda yosh bola o‘z onasini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Namanagan viloyati Maktablarga qadar va maktab ta’limi bosahqarmasi Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea Davlatobod tumanidagi 80-umumta’lim maktabi o‘quvchisi ishtirokida sodir bo‘lgan. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, bola onasi va buvisi tomonidan qilingan qattiq muomala va haqoratlarga chiday olmagani tufayli stress ta’sirida kuch ishlatgan.

 

Holat bo‘yicha Davlatobod tuman IIB, tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan. Ona va voyaga yetmagan bola bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tomonlar yarashtirilgan. Ular ogohlantirilib, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan. Hozirda holat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика