1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda MIB 1,2 mlrd so‘mlik mol-mulkni sotuvga chiqardi

Ular soliq va bank tashkilotlari foydasiga bo‘lgan qarzdorliklarni undirish maqsadida auksionga qo‘yilgan.

Namanganda MIB 1,2 mlrd so‘mlik mol-mulkni sotuvga chiqardi

Majburiy ijro byurosi Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida soliq va bank tashkilotlari foydasiga bo‘lgan qarzdorliklarni undirish maqsadida umumiy qiymati 1,2 milliard so‘mga teng mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

 

Xususan, “Neʼmat Hamid Zokir” fermer xo‘jaligidan soliq organlari foydasiga 120 million so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Mazkur qarzdorlik 25 ta ijro hujjati asosida shakllangan.

 

Qarzdorlikni undirish maqsadida fermer xo‘jaligiga tegishli bog‘ (yer maydoni) xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori talablariga muvofiq ravishda auksion savdolariga chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Ushbu ijro harakatlari Majburiy ijro byurosi Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda, qonun talablariga qatʼiy rioya qilingan holda olib borilmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, auksion savdolari ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib, barcha fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика