Majburiy ijro byurosi Chust tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida fermer xo‘jaliklaridan birining davlat byudjeti oldidagi 5,5 milliard so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.
Byuro organlari tomonidan soliq qarzdorligi undirish bilan bog‘liq hujjat ijrosini taʼminlash, qarzdorliklarni qisqartirish hamda byudjet tushumlarini oshirish maqsadida muntazam tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda qarzdor fermer xo‘jaliklari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qonuniy choralar qo‘llanildi.
Natijada, mazkur fermer xo‘jaligining yig‘ilib qolgan soliq qarzi davlat byudjetiga undirildi.


