Qayd etilishicha, 2021 yil 1 avgust kuni soat 15:00 larda Toshkent–O‘sh yo‘lining 245-kilometrida Pop tumani “Qo‘shminor” mahallasi hududida Andijon viloyatida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan ayol boshqaruvidagi Nexia‘ni ishonch qog‘ozi bilan Toshkent–Vodiy yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan, yo‘lning chetidagi pastlikka tushib ketgan.
Oqibatda haydovchi bosh miya ochiq shikasti va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar, 2010 yilda tug‘ilgan qizi bosh miya chayqalishi hamda Andijon viloyatida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, avtomashinada bo‘lgan mahalladoshi 1962 yilda tug‘ilgan ayol voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 avgust kuni Jinoyat kodeksning 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


