Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida maktab va davlat bog‘chasi xodimlariga bayram konsertiga majburiy ravishda chipta sotilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, xabarga aniqlik kiritish maqsadida tezkor ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan. Natijada tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi xodimi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlangan va xodimlarga pullari qaytarib berilgan.
Shu o‘rinda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi umumtaʼlim muassasalarida majburiy, asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablag‘lari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligini eslattb o‘tmoqda.


