Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va MCHJ yuristi ushlandi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari J.M. “O.F.” MCHJ umumiy ovqatlanish shoxobchasining yopib qo‘yilgan hisob-raqamini ochib berganligi evaziga “S.” MCHJ yuristi Yu.O. (sobiq DSI xodimi) orqali tadbirkor m.A.dan 2 000 AQSH dollari pora talab qilib, ushbu pullarni Yu.O. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


