Namangan viloyatining Norin tumanida turmush o‘rtog‘i qizlik uyiga ketib qolgan fuqaro o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.
Norin tuman IIB navbatchilik qismining maʼlum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 21 oktyabr kuni soat 17:30 larda Norin tumani “Katta O‘lmas” MFYdagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Norin tuman XTB mutaxassisi bo‘lgan fuqaro S.X. (1993 yilda tug‘ilgan) yashash xonadoni qo‘yxonasining to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini-o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Uning tanasida tan jarohatlari topilmagan.
Fuqaroning bu holatni sodir etishiga turmush o‘rtog‘i qizlik xonadoniga ketib qolganidan keyin ruhiyatida sodir bo‘lgan salbiy o‘zgarish hamda oilaviy kelishmovchiliklar sabab bo‘lganligi ko‘rsatilmoqda.
Tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi tomonidan taqdim etilgan 93-sonli dastlabki maʼlumotnomada marhum S.X.ning o‘limi – bo‘yin aʼzolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasidagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqani, badanida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani keltirilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


