1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namangandagi bankda 1,5 mlrd so‘m o‘zlashtirib yuborildi

Ofis boshlig‘i bu pulga uy va mashina sotib olgan.

Namangandagi bankda 1,5 mlrd so‘m o‘zlashtirib yuborildi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida bank kassasidagi 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan ofis boshlig‘i aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hududiy tijorat bankining Yangiqo‘rg‘on bank xizmatlari ofisi boshlig‘i D.Sh. kassa xodimlari M.A. va O.T.ga filial kassasidagi 1,5 mlrd so‘mni go‘yoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborishini aytib, ushbu pullarni hech qanday hujjatsiz olib ketib, noqonuniy o‘zlashtirgan pullari hisobidan Chust tumani, “Guliston” MFY hududida qurilgan ko‘p qavatli uydan 3 xonali kvartira hamda “Malibu” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика