1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namangandagi masjidda ehson qutisidagi pullar o‘g‘irlandi

Maʼlum bo‘lishicha, buni 4  nafar o‘spirin sodir etgan.

Namangandagi masjidda ehson qutisidagi pullar o‘g‘irlandi

 

Namangan viloyatining Chust tumanida 26 aprel kuni masjid yonidagi ehson qutisi ichida bo‘lgan pullar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Holat Chust tuman “Sadacha” MFY hududida joylashgan “Katta bog‘” jome masjidi yonida yuz bergan. 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxslar masjid tashqarisida joylashgan ehson qutisini buzib ochib, uning ichida bo‘lgan taxminan 3 ml so‘m pullarni olib qochgan.

 

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida ehson qutisi ichidagi pullarni Chust tumanda yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan 4 nafar voyaga yetmagan shaxslar olib qochganligi aniqlangan. Ularning yonidan bir yuz sakson besh ming so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика