1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namangandagi xonadonda gaz portladi

Xonadon egasi uyida pechkaga gazni ulagan. Gaz jo‘mragini ochiq qoldirib, chiroqni yoqqanida chaqnash sodir bo‘lgan.

Namangandagi xonadonda gaz portladi

 

Namangan viloyati FVBning xabar berishicha, bugun, 13 yanvar kuni soat 02:30 larda Namangan tumani “Navro‘z” MFY hududidagi xonadonlarning birida chaqnash sodir bo‘lgan.

 

Aniqlanishicha, yashash uyiga o‘rnatilgan o‘tin va tabiiy gazga moslashtirilgan tunuka isitish pechiga tabiiy gazdan foydalanilgan va gaz jo‘mragini ochiq qoldirilgan. Fuqaro elektr chirog‘ini yoqqanidan so‘ng gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.

 

Hodisa oqibatida, xonadon egasining 1992 yilda tug‘ilgan qizi 70 foiz hamda u bilan birga yashovchi farzandi 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘li 8 foiz kuyish tan jarohati olgan.

 

Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan, uyning derazasi joyidan ko‘chgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика