1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namangandan ming yillik qilichlar topildi

Ayni kunlarda arxeologlar Axsikent yodgorligida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Namangandan ming yillik qilichlar topildi

 

Axsikentdan noyob tangalar, Qoraxoniylar davriga oid betakror devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi.

 

Aytilishicha, topilmalar haqida National Geographic turkum ko‘rsatuvlar tasvirga oladi. Ayni kunlarda arxeologlar To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Axsikent yodgorligida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

 

Restavratorlar guruhi tomonidan devoriy suratlar va ganchkorlik buyumlarini taʼmirlanmoqda, buyumlar muzeyga qo‘yildi.

 

— Ming yil avvalgi mashhur qilichlar topilgani va ularning Vatani aynan Axsikent ekani bizni hayratlantirmay qo‘ymaydi. Xitoy manbalarida Axsikent shahristoni darvozalari oltindan bunyod etilgani haqida yozilgan. Mahalliy aholi o‘rtasida ushbu darvoza Sirdaryo tubida qolib ketgani haqida rivoyatlar yuradi. Ular albatta tarixiy haqiqatlarga asoslangan, - deya o‘z fikrini yozadi xorijiy ekspertlar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика