1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Shoshilinch qo‘nishga tug‘ruq sabab bo‘lgan.

Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

 

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Moskva — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti 7-iyun kuni Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro ayeroportiga kelib qo‘ndi.

 

Maʼlum qilinishicha,  qo‘nishga sabab tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin ayeroportga qo‘ndirishga qaror qildi.

 

Shundan so‘ng, samolyot ayeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика