Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan Nanay qishlog‘iga turizm qishlog‘i maqomi berildi. Tadbir davomida hududda faoliyat yuritayotgan bir necha dam olish maskanlari, uy mehmonxonalari ko‘zdan kechirildi.
Ta’kidlanishicha, qishloq hududida turizmni rivojlantirish, sayyohlarga sharoit yaratish maqsadida so‘nggi 5 yil davomida 150 dan ortiq mehmon uylari, 2 ta xostel, salomatlik yo‘lakchalari bunyod etilgan. Barpo etilgan 22 ta sun’iy sharshara esa qishloqning turistik jozibasini yanada oshirdi.
Bundan tashqari hududda osma ko‘prik, dor yo‘li hamda yozgi sirpanchiq yo‘lakchasi yo‘lga qo‘yilib, sayyohlarga qulayliklar yaratildi. Joriy yil holatiga ko‘ra turistik maskanga 20 mingga yaqin xorijiy, 220 mingdan ortiq mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.


