“PSJ” bosh murabbiyi Kristof Galte “Napolida”gi xuddi shunday lavozimga daʼvogarlardan biri sanaladi. U yozda Lusiano Spalettining o‘rnini egallashi mumkin. Manbaga ko‘ra, amaldagi Italiya chempioni rahbariyati 56 yoshli fransiyalik mutaxassis bilan ehtimoliy hamkorlik uchun allaqachon aloqaga chiqqan.
Yana bir daʼvogar Vinchentso Italiano. “Napoli” “Fiorentina” bilan muzokaralarni boshlash uchun Konferensiya ligasi finali tugashini kutmoqda.
Avvalroq, “PSJ” Galtiyerning ketishini mavsumning so‘nggi o‘yinidan so‘ng eʼlon qilishi haqida xabar berilgandi.


