1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

NASA Cygnus kosmik kemasining orbitaga chiqarilganini eʼlon qildi

Bu haqda AQSH Milliy ayeronavtika va fazo boshqarmasi xabar berdi.

NASA Cygnus kosmik kemasining orbitaga chiqarilganini eʼlon qildi

 

Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uchirilgan Northrop Grumman kompaniyasining Cygnus yuk tashuvchi kemasi orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi, deb xabar berdi AQSH Milliy ayeronavtika va fazo boshqarmasi. Uchirish Antares kuchaytirgichi tomonidan seshanba kuni AQSHning sharqiy sohilidagi vaqti bilan soat 20:31 da NASAning Virjiniya shtatining Atlantika sohilida joylashgan Uollops uchirilish maydonidan amalga oshirildi. Cygnus kosmik kemasining XKSga tutashuvi 4 avgustga rejalashtirilgan.

 

U XKC Canadarm-2 masofaviy manipulyator qo‘li orqali stansiyaga yaqinlashayotgan "yuk mashinasi"ni ushlab, so‘ngra uni  American Unity moduliga ulash orqali amalga oshiriladi.

 

Cygnus XKSga 3,7 tonnadan ortiq yuk, jumladan oziq-ovqat, shuningdek, o‘nlab ilmiy tadqiqotlar uchun asbob-uskunalar va materiallarni etkazib beradi. Cygnus‘ning birinchi muvaffaqiyatli ishga tushirilishi 2013-yil 18 sentyabrda bo‘lib o‘tdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика