Uning birinchi to‘liq shakllangan tasvirlari 12 iyulda eʼlon qilinishi kerak.
AQSH Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasi bayonotida tasvirlar ko‘p qirrali, ammo baribir koinotning hozirgacha olingan eng chuqur suratlaridan biri ekanini aytdi.
Jeyms Uebb teleskopining infraqizil imkoniyatlari unga 13,8 mlrd yil avval sodir bo‘lgan Katta portlashga qadar o‘tmishga qarash imkonini beradi. Jeyms Uebb kosmik teleskopi — diametri 6,5 metr bo‘lgan eng katta segmentli oynaga ega dunyodagi eng katta kosmik teleskopi.


