NASAning “Juno” kosmik kemasi Yupiterning yangi suratlarini Yerga yubordi.
Suratlar ikki megapikselli “JunoCam” kamerasi yordamida olingan. Ularda Yupiterning subpolyar kengliklarida xaotik bulutlar va siklon bo‘ronlari aks etgan.
Kosmik kema sayyoraning magnit maydonini xaritalash uchun magnitometr va atmosferadagi suv hamda ammiakni o'lchash uchun mikroto'lqinli radiometr bilan ham jihozlangan.
Stansiyaning Yerdan Quyosh tizimidagi eng katta sayyoragacha bo‘lgan sayohati taxminan besh yil davom etdi.


