AQSH Gretsiya va Kiprga qurol yetkazib berish bilan mintaqadagi kuchlar muvozanatini ochiqdan-ochiq buzmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Anqaraga boshqacha fikr bildirsada, Turkiya faktlarga asoslanmoqda.
“Gretsiyaga qurol-yarog‘larning ko‘p miqdorda yetkazilishi kuchlar muvozanati buzilganining yaqqol ko‘rinishidir. AQSH qurol embargosini bekor qilgan Kipr haqida ham shunday deyish mumkin”, — dedi turk vaziri.