1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO bo‘linish holatida — amerikalik ekspert

Alyansda notinchlik hukm surmoqda.

NATO bo‘linish holatida — amerikalik ekspert

Shimoliy Atlantika alyansida notinchlik hukm surmoqda, uning aʼzolari hozir ikkiga bo‘lingan. Bu haqida Nyu-Yorkdagi Shiller institutining BMT qoshidagi vakili Richard Blek maʼlum qildi. 

 

Shimoliy Atlantika alyansining 75-sammiti sharafiga o‘tkaziladigan tantanalar 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadi. Kiyev uchun Germaniyadagi yangi taʼminot qo‘mondonligi aynan shu sammitda eʼlon qilinadi.

 

“NATOning joriy sammiti natijalari nomaʼlum. NATO hozir keskin ikkiga bo‘lingan. O‘tgan haftada Vengriya Bosh vaziri Orban Zelenskiy bilan bir qator tinchlik muzokaralarini o‘tkazdi, Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Tszinpin uchrashuvi bu muhokamalarga barham berishi kutilmoqda”, dedi Blek.

 

Uning aytishicha, Moskva va Kiyev munosabatlarini diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lgan davlatlar rahbarlarigina sammitda ishtirok etadi. Ular bilan birga Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH vakillari ham birdek tadbirlarda qatnashadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика