NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg agar oktyabr oyida unga yangi muddat taklif qilinsa, qabul qilmasligi aytdi. U Shimoliy Atlantika alyansi rahbari lavozimini tark etish niyatida ekanligini maʼlum qildi.
Bosh kotibning vakolati shu yilning oktyabr oyida tugaydi va u o‘z mandatini yana uzaytirish niyatida emas. Stoltenberg uch muddat – deyarli to‘qqiz yildan buyon alyansga prezidentlik qilib kelmoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ushbu lavozimga daʼvogarlik qilishini maʼlum qilgandi.


