1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO davlatlari Ukrainaga beshta yangi havo mudofaa tizimini taqdim etadi

AQSH, Italiya, Niderlandiya, Ruminiya va Ukrainaning qo‘shma bayonotiga ko‘ra, Kiyev yana beshta havo hujumidan mudofaa tizimini oladi.

NATO davlatlari Ukrainaga beshta yangi havo mudofaa tizimini taqdim etadi

"Biz Kiyevga Rossiyaning davom etayotgan tajovuzidan, jumladan, Ukraina shaharlari, tinch aholi va muhim infratuzilma obyektlariga ataylab qilinayotgan hujumlardan himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etish niyatidamiz", — dedi AQSH prezidenti Jo Bayden Vashingtonda NATO sammiti ochilishida so‘zlagan nutqida.

 

Rejaga muvofiq, Ukraina AQSH, Germaniya va Ruminiyadan to‘rtta Patriot tizimini, Niderlandiya va boshqa hamkorlardan ushbu tizimlar uchun butlovchi qismlarni, shuningdek, Italiyadan bitta SAMP/T tizimini oladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика