1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO mintaqaviy ittifoq bo‘lib qoladi–Stoltenberg

Alyans Yevropa qitʼasidan tashqarida kengayish niyatida emas.

NATO mintaqaviy ittifoq bo‘lib qoladi–Stoltenberg

 

Shimoliy Atlantika alyansi mintaqaviy blok bo‘lib qoladi va global miqyosda, Yevropa qitʼasidan tashqarida kengayish niyatida emas. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSHda bo‘lib o‘tgan Xalqaro aloqalar kengashida maʼlum qildi.

 

“NATO mintaqaviy ittifoq bo‘lib qoladi, unga faqat Yevropa davlatlari aʼzo bo‘lishi mumkin”, — dedi u.

 

Shu bilan birga, tashkilot rahbari xavfsizlik muammosi mintaqaviy emas, global ekanligini taʼkidladi. Shuning uchun ham NATO ittifoqqa aʼzo bo‘lmagan ko‘plab davlatlar, jumladan, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi.

 

“Bu ular alyansga aʼzo bo‘ladi degani emas. Bu biz birga ishlayotganimizni anglatadi”, — deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика