Bryusselda bo‘lib o‘tgan favqulodda sammitda NATO mamlakatlari rahbarlari bayonot bilan chiqib, Rossiyaning kimyoviy va biologik qurollardan foydalanish ehtimolini “qabul qilib bo‘lmas” deb atadi.
“Rossiyaning har qanday kimyoviy yoki biologik qurollardan foydalanishini qabul qilib bo‘lmaydi va bu dahshatli oqibatlarga olib keladi”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, sammit ishtirokchilari Rossiyani Ukraina bilan ishonchli muzokaralar olib borishga chaqirgan.


