Tashkilot rahbari Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO-Ukraina kengashi yig‘ilishida jang maydonidagi voqealar va Kiyevning birinchi navbatdagi ehtiyojlari muhokama qilingan.
“Bugun NATO ittifoqchilari Ukrainaga harbiy yordamni oshirayotganini tasdiqladilar”, — deya taʼkidladi Stoltenberg.
Alyans aʼzolari, shuningdek, Rossiyaning Ukraina tinch aholisi va infratuzilma obyektlariga qarshi havo hujumlari kuchayganini keskin qoraladi.


