1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Bu bo'yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi.

 

Hududda soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda zamonaviy bilim va malakaga ega boʻlgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimini yaratish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

 

Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

 

Universitetda 2025/2026 oʻquv yilidan ehtiyoj yuqori boʻlgan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi:

  • aniq va tabiiy fanlar;

  • axborot texnologiyalari;

  • sunʼiy intellekt;

  • iqtisodiyot;

  • biznes va turizm;

  • investitsiyalarni boshqarish;

  • qishloq xoʻjaligi;

  • ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;

  • logistika.

Yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика