Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar ommaviy janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur voqea yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha,, bu holat Xatirchi tumani “Langar” MFYda joylashgan 58-sonli maktab o‘quvchilari orasida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida voqea 2023 yilning 23 fevral kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida yuz bergan. Unda 58-sonli maktabning 11- va 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqanligi maʼlum bo‘lgan. Buning oqibatida 11-sinf o‘quvchisi J.L. va 9-sinf o‘quvchisi A.I. yengil tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, ushbu janjalda ishtirok etgan 13 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchisining ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy jinoyatlar to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, hujjatlar tuman voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilib, bir bazaviy hisoblash miqdorida jarima tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 may kuni soat 15:00 larda “Langar” MFYda yashovchi fuqaro M.A. shu mahallada joylashgan 58-sonli maktabga kelib 6 aprel kuni qizi darsdan chiqib ketib, yashash xonadonida dori ichgan. Ota esa bunga direktor T.S. aybdorligini aytgan va maktab binosiga pichoq bilan kelib, janjal ko‘targandi.


