Yil so‘nggida barcha vazir hamda hokimlar, rahbar lavozimdagilar joylarda yurt kelajagi bo‘lgan yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashishmoqda. Ular bilan turli mavzularda fikrlashib, hamsuhbat bo‘lishmoqda. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni, muammolariga yechimlarni, orzu-niyatlariga yetish yo‘lidagi yo‘l-yo‘riqlarni ana shunday uchrashuvlardan izlashmoqda. Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov ham Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da navoiylik yoshlar bilan uchrashdi.
Navoiy viloyatida 2024 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bir necha loyiha va tanlovlar, sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Xususan, kelgusi yilda viloyatda “Hokim kubogi” uchun erkaklar va ayollar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etiladi.
Madaniyat va sanʼat yo‘nalishida iqtidor va isteʼdod egalarini kashf etish maqsadida “Navoiy-stars” (Navoiy-stars) tanlovi tashkil etiladi. Bu loyiha 2024 yil davomida o‘tkaziladi hamda yil yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, taqdirlanadilar.
2024 yilda viloyatda yoshlarni xorijiy tillarga qiziqtirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xalqaro imtihon tizimlarida (Aelts, toyfel, gmat, gre, va B.) yuqori (7,5 va undan yuqori) natijaga erishgan 3-4 kurs talabalari tomonidan umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarining xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shgan hissasi uchun har yili 30 nafar fidoyi talabalarni “Viloyat hokimi stipendiyasi” bilan rag‘batlantiriladi. Bu rag‘batlantirish alohida nizom asosida tashkil etiladi.
Mahallalardagi uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sportga keng jalb etish maqsadida maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarda umumtaʼlim maktablari sport zallaridan samarali foydalanib, yoshlarni keng jalb etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga “oylik maoshining 50 foizi” miqdorida “Hokim ustamasi” joriy etiladi.
2024 yilda fidoyilik ko‘rsatgan, ichki ishlar organlari bilan reydlarda yurib, jinoyatchilikni oldini olishga o‘z hissasini qo‘shgan, jamoatchilik asosida “Qizil” va “Sariq” mahallalardagi “Jasorat” va “Qalqon” klublariga aʼzo bo‘lgan yoshlarni ko‘rsatgan natijalariga qarab har chorakda rag‘batlantirib boriladi.
Viloyatdagi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida 2024 yilda “Zakovat ligasi” tashkil etiladi hamda “Liga” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Viloyatdagi yoshlarning bo‘sh vaqtingizni mazmunli tashkil etish, ilm-fan, ayniqsa, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlaringizni yana-da qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navoiy shahrida barcha qulayliklarga ega, imkoniyati cheklangan yoshlar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan zamonaviy kutubxona barpo etiladi.
Viloyatning barcha tuman va shaharlarida yetarli shart-sharoitlarga ega bo‘lgan
1 tadan jami 11 ta namunaviy universal sport maydonchalari hamda Qiziltepa tumani “Toshmasjid” mahallasida sportzal barpo etiladi;
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navbahor tumanida “Yoshlar markazi” tashkil etiladi.
Boshqa shahar va tumanlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etib boriladi.
Barcha shahar va tumanlarda “Yoshlar saylgohlari” va “Yoshlar ijod ko‘chalari” hamda Navoiy shahrida “Kreativ park” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Xatlov asosida 4,3 ming nafar yoshlar “Og‘ir” toifaga kiritilib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish orqali hayoti yaxshilanishiga ko‘mak ko‘rsatiladi.
Jami 5,2 ming nafar ishsiz yoshlarni kasb-hunar, zamonaviy kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, subsidiya, yer maydoni va kreditlar ajratish orqali bandligi taʼminlanadi.
2024 yilda 7,6 ming nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” imkoniyatlari orqali yordam ko‘rsatish choralari ko‘riladi.


