Ushbu qaror innovatsion, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali sanoat salohiyatini yana-da rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.
"Navoiy viloyati Qizilo‘rda viloyatining Qarmaqshi va Shardara tumanlari, shuningdek, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Shiyeli tumani bilan umumiy chegaraga (620 km) ega. Bugungi kunda mintaqada 40 mingga yaqin qozoq millati vakillari, yaʼni O‘zbekistondagi eng yirik diaspora yashaydi", — dedi Normat Tursunov.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Navoiy viloyati bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 85 million dollarni tashkil etgan. Joriy yilning 11 oyi davomida bu ko‘rsatkich allaqachon 88 million dollarga yetgan. Shu bilan birga, endilikda 2025 yilgacha tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish vazifasi qo‘yilganini taʼkidladi.
"Hozirda Navoiy viloyatida Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 9 korxona faol ishlamoqda. Qozog‘iston Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” va boshqa yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega", — dedi Tursunov.
Tursunov Qizilo‘rda viloyati rahbari Nurlibek Nalibayev bilan birgalikda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hududlararo hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni imzolashini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, kelgusi yilda Navoiy va Qizilo‘rda viloyatlari yoshlari o‘rtasida universitetlararo forum o‘tkazish rejalashtirilgan.


