Kecha OAVda Navoiy shahrida 10 ga yaqin yigit 2008-yilda tug‘ilgan qizni zo‘rlagani haqida xabar eʼlon qilingandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-1-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs qamoqqa olingan.
“Sodir etilgan qilmish jinsiy jinoyatlar toifasiga tegishli bo‘lganligi sababli boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi bayonotda.


