1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Navoiyda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia ag‘darilib ketdi, ikki kishi vafot etdi

Navoiyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Navoiyda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia ag‘darilib ketdi, ikki kishi vafot etdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, viloyatning Nurota tumani markaziga harakatlanayotgan Nexia avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. YTH oqibatida mashina ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

 

«Avariya sodir etilgan joydagi yo‘l qoplamasida kamchiliklar mavjud emas, yo‘l chiziqlari va yo‘l belgilari to‘liq o‘rnatilgan. 2021 yil bahorda o‘tkazilgan ko‘rik natijalariga ko‘ra, tegishli mutasaddi va tashkilotlarga kamchiliklar yuzasidan taqdimnomalar berilgan», — deydi Nurota tuman IIB YHXG katta inspektori Murodillo Jo‘rayev.

 

Holat yuzasidan Nurota tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика