Navoiy viloyatida uch nafar fuqaro taqiqlangan leskali to‘rlar orqali ikki turga mansub 39 ta baliqni noqonuniy ravishda ovlagani aniqlandi. Shuningdek, hududda yana besh turga mansub 417 ta baliqning noqonuniy ovlangani ham maʼlum bo‘ldi.
Reyd davomida qo‘lga olinganlardan ashyoviy dalil sifatida 300 metr leskali to‘r hamda umumiy og‘irligi 416 kg bo‘lgan 456 ta baliq olib qo‘yildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda va noqonuniy ovchilar qariyb 700 mln so‘m jarima to‘lashlari belgilangan.


