1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda noqonuniy ohak pishirish xumdonlari yopildi

Tekshiruvlar davomida xumdonlardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgani aniqlangan.

Navoiyda noqonuniy ohak pishirish xumdonlari yopildi

Navoiy viloyatida 30 dan ortiq noqonuniy faoliyat yuritayotgan ohak pishirish xumdonlari faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi, prokuratura, IIB va Milliy gvardiya vakillaridan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida ma’lum qilindi.

 

Karmana tumanining “Yangiariq” mahallasi hududida olib borilgan tekshiruvlar davomida xumdonlardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgani aniqlangan. Shuningdek, xatlov ishlari davomida bir nechta ohak ishlab chiqarish sexlari ham ruxsatsiz faoliyat yuritib kelayotgani fosh etildi.

 

Talablarga zid ravishda ishlayotgan 36 ta noqonuniy xumdon buzib tashlandi.

 

Mutasaddilar o‘rganish ishlari davom etayotganini, qolgan noqonuniy faoliyat yuritayotgan xumdonlarni ham to‘liq to‘xtatish rejalashtirilganini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика