Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 18 may kuni "Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, “Langar” mahallasidagi 58-sonli maktabda janjal yuz berdi" nomli video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea shu yilning 15 may kuni soat 15:00 larda “Langar” MFYda yashovchi fuqaro M.A. shu mahallada joylashgan 58-sonli maktabga kelib 6 aprel kuni qizi darsdan chiqib ketib, yashash xonadonida dori ichgan. Ota esa bunga direktor T.S. aybdorligini aytgan va maktab binosiga pichoq bilan kelib, janjal ko‘targan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Xatirchi tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


