Navoiy viloyatida bojxona xodimlari O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda tovar olib kirishga uringan Qozog‘iston fuqarosini qo‘lga oldi. “Navoiy” chegara bojxona postida xizmat olib borayotgan inspektorlar chet el fuqarosining g‘alati yurishidan shubhalanib, uni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishgan.
Ko‘rik davomida fuqaro tanasiga maxsus lenta yordamida 22 dona iPhone 17 rusumli mobil telefonni yashirgani aniqlangan. Kontrabanda mahsulotlarining umumiy qiymati 500 million so‘mdan ortiq ekani ma’lum bo‘ldi.
Yana bir holatda,O'zbekistonga kirib kelgan fuqaroning paypoq ichiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 10 dona konvalyutda, jami 200 dona kapsula shaklidagi dori vositalari borligi fosh etildi.
Holat yuzasidan belgilangan tartibda ish yurituv harakatlari boshlab yuborilgan.


