1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda sifatsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Tekshiruv davomida salkam 100 kg isteʼmolga yaroqsiz go‘sht aniqlangan.

Navoiyda sifatsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi ushlandi

 

Navoiy viloyatining Karmana tumanida isteʼmolga yaroqsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

8 may kuni soat 17:40 larda Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” YPX maskanida Samarqand–Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro M.D. boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatib tekshirilgan. Tekshiruv davomida avtomobil yukxonasida taxminiy og‘irligi 82 kg bo‘lgan, kelib chiqishi nomaʼlum yirik shoxli mol go‘shti borligi aniqlangan.

 

Shundan so‘ng go‘sht mahsulotlari nima maqsadda olib ketayotganligini hamda isteʼmolga yaroqlilik darajasiga aniqlik kiritish uchun belgilangan tartibda hujjatlashtirilib, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga qarashli tashxis markaziga (laboratoriya) olib kelingan. Viloyat laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, go‘sht mahsuloti isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика