1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Navoiyda yangi tabiat bog‘i va qo‘riqxona paydo bo‘ladi

Viloyatning Uchquduq va Tomdi tumanlarida yangi tabiiy hududlar tashkil etiladi.

Navoiyda yangi tabiat bog‘i va qo‘riqxona paydo bo‘ladi

 

Bu haqda "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident qarori imzolandi.

 

Unga muvofiq, Ekologiya davlat qo‘mitasi tasarrufida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1,2 ming gektar "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog‘i paydo bo‘ladi. Tomdi tumanida esa umumiy maydoni 40 ming gektar bo‘lgan “Aqtau-Tomdi” qo‘riqxonasini tashkil etiladi.

 

Qarorda, shuningdek, "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog‘ining xo‘jalik foydalanishdagi yerlari ushbu hududlarda joylashgan yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qolishi belgilandi.

 

Joriy yilda bog‘ va qo‘riqxonani moliyalashtirish Ekologiya davlat qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish jamg‘armasi hisobidan, 2023 yildan boshlab Navoiy viloyati mahalliy byudjeti, Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqilishi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика