1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Navoiyda yoshlar yetakchisi o‘zini osib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy izoh berdi.

Navoiyda yoshlar yetakchisi o‘zini osib qo‘ydi

 

Joriy yilning 26 yanvar kuni Qiziltepa tumani “Sheyxon” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan "Yoshlar yetakchisi nega o‘zini osib qo‘ydi” nomli maqola tarqatildi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy izoh berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022 yilning 19 oktyabr kuni Qiziltepa tumani “Sheyxon” mahallasida Yoshlar yetakchisi vazifasida ishlab kelgan 1989 yilda tug‘ilgan K.Z. o‘z yashash xonadonida o‘z joniga qasd qilib vafot etgan.

 

Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan va K.Z.ga tegishli 1 dona shaxsiy uyali telefon hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan xizmatda foydalanish uchun berilgan 1 dona “Samsung” rusumli planshet va ishga aloqador boshqa ashyolar tekshirib ko‘rish uchun protsessual tartibda olingan.

 

Ushbu holat yuzasidan Qiziltepa tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish davomida marhumaning onasi S.R. va ishga aloqador shaxslarning barcha vajlari tekshirilgan va natijasiga ko‘ra K.Z.ning o‘z joniga qasd qilib vafot etganligi holatida “Sheyxon” mahallasi xodimlari va boshqalarning harakatida jinoyat alomatlari aniqlanmagani sababli JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

 

Tekshirish natijasiga ko‘ra voqea joyidan olingan uyali aloqa vositalari K.Z.ning onasi S.R.ga tilxat asosida topshirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика