Navro‘z — Sharq xalqlarning eng qadimiy bayramidir. Baʼzan uni afsonaviy Qaqnusga o‘xshatishadi. Asrlar davomida uni yo‘qotishga, Navro‘zni bayram sifatida nishonlashni taqiqlashga bo‘lgan urinishlar har gal besamar ketgani uchun shunday qiyoslar, ehtimol. > Navro‘z dehqonchilik ishlarining boshlanish bayrami ham hisoblanadi. Sovuq qishdan dimiqqan ko‘ngillarning orziqib kutgan bu > bayrami bir oygacha davom etadi. Bayram kunlarida o‘lkamga yetib kelgani uchun ommaviy xalq sayillari uyushtirilib, yangi ungan > ko‘katlardan tansiq taomlar pishirilgan. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dastlab Navro‘z bayramini o‘tkazish o‘troq dehqonlarda rasm bo‘lgan. Keyinchalik ular orqali yarim o‘troq va ko‘chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Xalqimiz azaldan Navro‘z bayramini yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan kutib olishgan. Shu kuni araz-ginalar unutilgan. Bayramni nishonlashga tayyorgarlik ishlari bir necha kun ilgari boshlangan. Bug‘doyni undirishga qo‘yilgan va uning maysasidan sumalak tayyorlangan, ko‘kat chuchvara, yalpiz, somsa kabi tansiq taomlar pishirilgan. Otchopar, uloq, kurash singari xalq o‘yinlari, sayillar o‘tkazilgan, bahor haqida qo‘shiqlar, baxshilarning terma, dostonlari kuylangan. Navro‘zning birinchi kuni qishloq joylarida bolalar to‘p-to‘p bo‘lib xonadonlar eshigi oldida Navro‘zga bag‘ishlangan qo‘shiq aytishgan. Uy egalari ularni sovg‘a-salom va turli yeguliklar bilan siylagan. Bolalar bu taomlarning bir qismini beva-bechoralarga ulashgan. Bu udum hozir ham Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim qishloqlarida saqlanib qolgan. > Mehribonlik uylari, urush va mehnat faxriylari, yolg‘iz keksalar huzuriga tashrif buyurib, ularni qutlab, sovg‘a-salomlar > ulashayotgan yurtdoshlarimizni ko‘rib bu bayram oqibatni, mehr-saxovatni yodga solayotgani uchun ham unga muhabbatimiz chandon > ortadi. Bu bayram o‘zining urf-odatlari bilan yoshlarimiz tarbiyasida muhim o‘rin tutishiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Masalan, turli xalq o‘yinlari bolalarni epchil, zukko, chaqqon, kuchli va qo‘rqmas bo‘lib voyaga yetishida muhim o‘rin tutadi. Xotin-qizlarimizning pazandaliklari ham ko‘klam bayramida dasturxonlarimizni bezagan bahoriy taomlarda namoyon bo‘ladi. Hovli-joylarni ozoda tutish, ko‘chat ekib, bog‘ barpo etish ham bayramning asosiy xususiyatlaridan. Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan obodonchilik va bog‘dorchilik ishlariga juda katta eʼtibor qaratilayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Bunday ezgu ishlar insonlar qalbida ona zaminga muhabbat, ona tabiatni asrash hisi uyg‘onishiga xizmat qiladi. Navro‘zning qalblarda saxovat, mehr-muruvvat hisini uyg‘otishini alohida eʼtirof etish lozim [http://postda.uz/#/uz/news/1170]. Bayram bahonasida ko‘makka, mehr va eʼtiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish va bunda yosh avlodning ishtirokini taʼminlash kelajagimiz egalarida insoniy fazilatlarning shakllanishida juda katta ibrat maktabi vazifasini o‘tashi, shubhasiz.