1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Neft masalasi Yevropa birligiga putur yetkazyapti — El Pais

YI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar masalasida kelisha olmayapti.

Neft masalasi Yevropa birligiga putur yetkazyapti — El Pais

 

Rossiyaning neft-gaz sektorini ham qamrab olishi mumkin bo‘lgan Yevroittifoqning yangi sanksiyalar paketi YI davlatlarining Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyasiga putur yetkazishi mumkin. Bu haqda El Pais gazetasi xabar berdi.

 

Gazetaning diplomatik manbalarga asoslanib xabar qilishicha, neftga qarshi joriy etilishi mumkin bo‘lgan embargo energetik qaramligi kuchli bo‘lgan davlatlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Dushanba kuni YI tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Yevropa birligiga bu masala yuzasidan darz ketayotgani ayniqsa sezilgan.

 

Gazeta manbalari yangi sanksiyalar paketini qabul qilish tobora qiyin bo‘lib borayotganini qayd etgan.

 

Avvalroq OPEK Yevropani neft bilan taʼminlay olmasligini maʼlum qilgandi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика