Tramp bir necha bor Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Atlantika alyansiga haddan tashqari ko‘p kuch va pul sarflayotganini taʼkidlagan, shuningdek, AQSHning NATOdan chiqishi kerakligi haqida fikr bildirgan.
"Nemis siyosatchilari Tramp prezidentlikka saylansa, buni ro‘yobga chiqarishga harakat qilishi mumkinligidan xavotirda", — deb yozadi The New York Times.
Nashrga ko‘ra, hozirda Germaniya Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.Qo‘shma Shtatlar 2023 yil oxirida Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan byudjetni tasdiqlay olmaganligi sababli, Germaniya o‘z byudjetida Kievga yordam uchun xarajatlarni deyarli ikki barobarga oshirib, yiliga 8,5 milliard dollarga yetkazdi.
AQSH "Sovuq urush" davrida tuzilgan NATOning taʼsischilaridan biri va alyansda yetakchi mavqega ega davlat hisoblanadi.


