1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nensi Pelosi yana bir xavfli hududga bormoqchi

Avvalroq u Xitoy qarshiligiga qaramay, Tayvanga tashrif buyurgandi.

Nensi Pelosi yana bir xavfli hududga bormoqchi

 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Seulda Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spikeri Kim Jin Pyo va parlamentning boshqa a’zolari bilan uchrashdi.

 

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik, shuningdek, iqlim masalalarini muhokama qilgan.

 

Janubiy Koreya rasmiylariga ko‘ra, Pelosi demilitarizasiya qilingan hudud – Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasiga ham borishni rejalashtirgan. Agar Vakillar palatasi spikeri shunday qilsa, bu amerikalik siyosatchining AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 2019-yilda uchrashganidan keyingi birinchi tashrifi bo‘ladi.

 

Shundan so‘ng Pelosi Janubiy Koreya Prezidenti Yun Suk Yol bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2 avgust kuni Nensi Pelosi orolni o‘z hududi deb biluvchi Xitoyning noroziliklari va tahdidlariga qaramay, Tayvanga tashrif buyurgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика