Nepal hukumatining Instagram, Facebook, YouTube va X kabi 26 ta ijtimoiy tarmoqni bloklash qarori mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.
8-sentabrdan boshlangan namoyishlar qisqa vaqt ichida qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Parlament binosi yoqib yuborildi, prezident saroyi qurshab olindi. Natijada bosh vazir iste’foga chiqdi, davlat rahbari esa shahardan evakuatsiya qilindi.
India Today manbasiga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida 22 kishi halok bo‘lgan, bir necha yuz nafar fuqaro yaralangan.
O‘zbekistonning Nepaldagi elchixonasi vatandoshlarimizga ommaviy to‘planish joylaridan uzoq yurish, namoyishlarda qatnashmaslik va mahalliy qoidalarga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilmoqda. Favqulodda holatlarda O‘zbekistonning Nyu-Delidagi elchixonasiga +91 94994 85962 raqami orqali (Telegram va WhatsApp) murojaat qilish mumkin.


