1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nestlé bolalar oziq-ovqatlari 63 ta davlatdan qaytarib olinmoqda

Chaqaloqlarda zaharlanish holatlari aniqlangach, kompaniya global ogohlantirish e’lon qildi.

Nestlé bolalar oziq-ovqatlari 63 ta davlatdan qaytarib olinmoqda

 


Nestlé kompaniyasi bolalar uchun mo‘ljallangan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini 63 ta davlatdan qaytarib olish jarayonini boshladi. Gollandiyaning RTL telekanali xabariga ko‘ra, bunga chaqaloqlar orasida zaharlanish holatlari aniqlangani sabab bo‘lgan. Kompaniya barcha tegishli mamlakatlarga rasmiy ogohlantirish yuborgan.


Shifokorlarning ma’lum qilishicha, zaharlanishning asosiy belgilari kuchli diareya va qusish bilan namoyon bo‘lmoqda. Mutaxassislar bu holatni Bacillus cereus bakteriyasi ishlab chiqargan xavfli toksin bilan bog‘lamoqda. Ushbu bakteriya chaqaloqlar salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.


Avvalroq Reuters agentligi Fransiyaning Lactalis kompaniyasi ham o‘z mahsulotlarini 18 ta davlatdan qaytarib olayotgani haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, bir necha kun oldin Rossiyaning Rospotrebnadzor idorasi Nestlé’ning ayrim bolalar oziq-ovqat aralashmalarini mamlakatga import qilishni vaqtincha to‘xtatgan.


Ma’lum qilinishicha, NAN 1 OPTIPRO, NAN 2 OPTIPRO, NAN Supreme, NAN EXPERTPRO, NAN laktozasiz, PreNAN, Nestogen Comfort Plus va Alfare Amino kabi quruq aralashmalarda xavfli sereulid toksini aniqlangan. Ushbu mahsulotlar o‘tgan yilning 15-aprelidan 27-noyabriga qadar ishlab chiqarilgan bo‘lib, toksin tashqi yetkazib beruvchidan olingan o‘simlik moyi xomashyosida topilgan. Mutaxassislar toksin qusish va diareyaga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика