Isroil bosh vaziri 10 yilga qamalishi mumkin. Unga qarshi uch yillik sud jarayoni HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng vaqtincha to‘xtatilgandi.
Deutsche Welle nashriga ko‘ra, bu muddat tugagan va sud jarayoni qayta boshlangan. Quddus okrug sudida Netanyaxuga qarshi korrupsiya bo‘yicha sud jarayoni davom ettirildi.
Uch yildan ortiq davom etgan sud jarayonida Netanyaxu uchta alohida holatda firibgarlik, ishonchni suiisteʼmol qilish va pora olishda ayblanmoqda.
Netanyaxu poraxo‘rlikda ayblanib, u 10 yilgacha qamoq yoki jarimaga tortilishi mumkin. Firibgarlik va ishonchni suiisteʼmol qilish uchun esa uch yilgacha qamoq jazosi mavjud.


