Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun AQShga keldi deb xabar berdi The Jerusalem Post nashri. Uchrashuv 29-dekabr kuni kechqurun Trampning Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Bu Amerika prezidenti ikkinchi muddati davomida Netanyaxu bilan o‘tkazilayotgan oltinchi uchrashuv hisoblanadi.
Tomonlar uchrashuv davomida G‘azo sektoridagi reja, Eronning ballistik raketa dasturi, Livandagi vaziyat va AQShning Isroilga harbiy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Netanyaxu Trampdan G‘azoda yangi harbiy operatsiyani boshlash bo‘yicha rozilik olishni so‘rashi mumkin. Bosh vazir bu chorani AQSh prezidentining sulh rejasi doirasidagi keyingi taraqqiyotga roziligini shart qilib amalga oshirmoqchi.


