Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges bilan mushtlashdi.
Jurnalist Xose Karlos Araujoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Neymar Rodriges bilan janjallashib, uni haqorat qilgan, shuningdek, Braziliya terma jamoasi o‘yinlarini boykot qilish bilan tahdid qilgan.
13-oktabr kuni Braziliya terma jamoasi JCh-2026 saralashining 3-turida Venesuela terma jamoasi bilan durang o'ynadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.


