Niderlandiya Milliy sog‘liqni saqlash instituti maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha kun ichida mamlakatda maymun chechagi kasalligini yuqtirishning 64 ta yangi holati aniqlangan. Ular orasida maktab yoshidagi bolalar ham bor.
Idoralararo komissiya maʼlumotlariga ko‘ra, bolaning maymun chechagiga qanday chalingani hozircha nomaʼlum. Ammo Niderlandiya Milliy sog‘liqni saqlash instituti bu kasal odam bilan teriga teginish (tegish) orqali sodir bo‘lgan deb hisoblaydi. Qolgan yangi holatlarning aksariyati noanʼanaviy yo‘nalishdagi erkaklar bilan bog‘liq.
Bu oy davomida Amsterdam va Niderlandiyaning boshqa yirik shaharlarida bo‘lib o‘tgan Prayda tadbirlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.


