1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Niderlandiyada parranda grippi tarqaldi

Fermalarda minglab tovuqlar yo‘q qilinmoqda.

Niderlandiyada parranda grippi tarqaldi

 

Niderlandiyaning Maurik shahridagi fermada parranda grippi tufayli 24 ming tovuq nobud bo‘ldi. Bu haqda “NOS” nashri xabar bermoqda. 

 

Parrandalar viris tarqalishining oldini olish uchun yo‘q qilingan. Infeksiya tarqalgan joydan 10 kilometrlik hududda to‘qqizta parrandachilik korxonasi mavjud bo‘lib, ulardan biri qadoqlash korxonasi. U yerda tuxumlar saralanadi va qadoqlanadi.

 

Ekspert guruhi vaziyatni muhokama qilish va xavflarni baholash uchun kelasi hafta yig‘ilish o‘tkazadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda parranda grippining “H3N” shtammi odamda aniqlangandi. Unda to‘rt yoshli bolaga tashxis qo‘yilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика